Fransiya prezidenti Fransua Olland O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Aloqalar o‘rnatilganining birinchi kunlaridanoq hamkorlikning barcha sohalarida – ham siyosiy, ham iqtisodiy va madaniy jabhalarda mustahkamlanganligini qayd etish bugun meni quvontiradi», deyiladi maktubda.
Fransua Olland o‘tgan davr mobaynida Fransiya va O‘zbekiston do‘stona munosabatlar o‘rnatishga erishganligini ta’kidladi.
U «ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan sherikchilikning yuqori darajasi keyingi o‘n yilliklar davomida doimo rivojlanishi»ga umid bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransua Olland nomiga yo‘llagan maktubida esa shunday so‘zlar qayd etilgan: «Fransiya Respublikasining 1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan tan olgani, shuningdek, uning mustaqil rivojlanishi va suverenitetini qat’iy qo‘llab-quvvatlaganini biz alohida qadrlaymiz».
Davlat rahbari «Fransiya bilan ikki va ko‘p tomonlama kun tartibning barcha masalalari bo‘yicha, avvalo siyosiy-diplomatik va madaniy-gumanitar sohalarda samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, savdo, investisiya va yuqori texnologiyalar, turizm, korxonalarimizda ilg‘or korporativ boshqaruv metodlarini kiritish jabhalarida aniq dasturlar va loyihalarni ilgari surishga O‘zbekiston sodiq» ekanligini tasdiqladi.
O‘zbekiston prezidenti «O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini chuqurlashtirish va uning o‘zaro hurmat, tenglik va ishonch tamoyillariga asoslangan poydevorini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma faoliyatni bundan keyin ham davom ettirish»ga ishonch bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”