Nukusda FVV qutqaruvchilari kanaldan insonni qutqardi

Bugun, 17 fevral kuni soat 08:20 da Nukus shahri markazidan oqib o‘tuvchi «Do‘stlik» kanali hududida bir fuqaroning cho‘kayotgani haqida, mazkur joydan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchi qismiga xabar berilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan. Olingan xabar asosida g‘avvos-qutqaruvchilar zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, suvga tushib ketgan fuqaroni xavfli holatdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uning hayoti saqlab qolingan. Keyinchalik fuqaro tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing