G‘uzorda tunda uch yigit orasida janjal kelib chiqdi

Qashqadaryo viloyatida tungi payt yuz bergan janjal ortidan uch nafar yigit kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha “Daryo”ga murojaat kelib tushgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yil 16 fevral kuni G‘uzor tumani Chovka qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Tungi soat 01:20 atrofida bir necha fuqarolar guruhi S.A., X.T. va A.T.ni do‘pposlagani bildirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarda keltirilishicha, holatga ular o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik va tortishuv sabab bo‘lgani aytilmoqda. Jabrlanganlar tuman tez tibbiy yordam markaziga olib borilgan.
Viloyat IIB axborot xizmati rahbari vaziyat nazoratga olinganini, hozirda esa tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, holat yuzasidan keyinroq to‘liq axborot berilishi qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!