Rossiya davlat dumasining millatlar ishi bo‘yicha qo‘mitasi Sobiq Ittifoq hududida yashagan va "rus tili tashuvchisi" deb hisoblanganlarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiradigan qonun loyihasini ma’qulladi, deb yozadi Kun nashri.
Qonun mualliflari bunday fuqarolar turkumiga sobiq Rossiya imperiyasi yoki Sobiq Ittifoq hududida yashaydigan fuqarolarni, shuningdek, Rossiyada tug‘ilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlari bor bo‘lganlarni kiritishni taklif etmoqda.
Bugungi kunda Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan bunday shaxslarga “xorijiy davlat vakolatli idorasi”ning boshqa fuqarolikdan chiqqani haqidagi hujjatini taqdim etishi asosiy g‘ovlardan biri bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar o‘zlaridagi fuqarolikdan voz kechish haqida yozma ravishda bildirsalar etarli. “Rus tili tashuvchilari” uchun esa amaldagi fuqarolikdan voz kechishning ruxsat berilgan tartibi o‘rnatilgan.
Ushbu qonun loyihasida bunday shaxslarga yashash uchun ruxsatnomani boshqa fuqarolikdan voz kechmay turib olish huquqini beruvchi tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati va uni cho‘zdirish imkoni ham taqdim etilishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘tgan yilda Rossiya fuqaroligini olgan shaxslar soni 21 foizga ortdi. 2016 yilda 265 319 kishi fuqarolik olgan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich – 209 799 kishiga teng bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi