
Peruning Lima viloyatida joylashgan Punta Ermos okrugida bir ayol loyli ko‘chki tomondan vayron bo‘lgan uy ostidan o‘zi mustaqil chiqib kela oldi. Ushbu holat tasvirlangan video Ruptly tomondan joylashtirildi, deb yozadi Kun nashri.
Peruda yil boshidan beri toshqinlar 48 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, hukumat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun armiya, qutqaruvchilar va polisiyachilarni jalb qilmoqda. 15 mart kuni harbiylar Tinch okeani bo‘yida joylashgan Lambaeke viloyatida bir necha kishini vertolyot yordamida qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar