Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning shahar va tumanlar hokimliklarida jami 62 ta hokim o‘rinbosarlari lavozimi joriy etilgan, deb yozadi Kruz.uz nashri.
Jumladan, Xo‘jayli va Kegayli tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, barcha shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari uchun 47 ta shtat birligi ajratilgan.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi maxsus Qarori asosida hokimlar o‘rinbosarlarini avtomashina bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlari hokimlari o‘rinbosarlari uchun 47ta «Nexia-3» avtomashinasi ajratib berildi va bu hududiy boshqaruv organlari xodimlarining faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi