date

Buxorada 13 yoshli qiz jinsiy zo‘ravonlik natijasida homilador bo‘lgani aytilmoqda

Buxorada 13 yoshli qiz jinsiy zo‘ravonlik natijasida homilador bo‘lgani aytilmoqda

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 13 yoshli qiz farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova idorasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tarqalgan xabalarda 12 yoshli qiz o‘gay otasi tomonidan zo‘rlangani aytilgan. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, qizga oilaga tanish bo‘lgan shaxs tomonidan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lishi mumkin.

Qiz ayni paytda 13 yoshda bo‘lib, homiladorlik holati homila 6 oylik bo‘lgan vaqtda aniqlangan, deya bolalar ombudsmanining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz

Ma’lum qilishlaricha, Buxoro viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgan holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari hamon davom etmoqda.

Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxs sud tartibida ushlanib, tegishli qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov ishlari olib borilmoqda va barcha tafsilotlar aniqlanmoqda.

Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida bolaning qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun kuzatuv va nazoratni davom ettirmoqda. Shuningdek, u norasmiy nashrlarda tarqalgan tasdiqlanmagan gap-so‘zlar va ma’lumotlarga ishonishdan saqlanishni va ularni keng yoritmaslikni so‘ramoqda.

Mavjud holat bolalar huquqlarini himoya qilish va jamiyatda bunday fojiali holatlarni oldini olish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorada 13 yoshli qiz jinsiy zo‘ravonlik natijasida homilador bo‘lgani aytilmoqda