11:52 / 20.03.2017
7 600

Futurologlar yuz yildan so‘ng insoniyatni nima kutayotganini ma’lum qildi

Futurologlar yuz yildan so‘ng insoniyatni nima kutayotganini ma’lum qildi

Kelajakshunos olimlar Ian Pirson va Patrik Taker 2112 yilda qanday mo‘’jizalarni qarshi olishimizni aytdi. Ularning bashoratining bir qismi 1900 yilda insoniyat kelajagini taxmin qilishga uringan amerikalik injener Jon Elfret Uotkinsning fikrlari bilan hamohangdir.

Uchchala olim ham kelgusi asrda favqulodda yuksak qobiliyatli insonlar paydo bo‘lishini bashorat qiladi. Bundan tashqari fikrni masofadan uzatish oddiy holga aylanadi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Ammo Jon Uotkinsning abadiy yashash siri ochilishi haqidagi fikriga Taker va Pirson qo‘shilmaydi. Zamondosh olimlarimizning fikricha yuz yil ichida o‘limni engishning iloji yo‘q.

Energiyaning asosiy manbai termoyadroli elektr stansiyalari bo‘ladi. Bir jinslilar nikohi qonuniylashtiriladi. Sun’iy urug‘lantirish ommaviy tus oladi.

Tibbiyot yuksak taraqqiy etadi. Uotkinsning taxminicha, kelajakda tanadagi kasalliklarni maxsus nanorobotlar davolaydi. Ammo zamonaviy futurologlar bu texnologiya 2112 yildan so‘ng yuzaga kelishini aytdi.

Jon Uotkins sayyora davlatlari yo‘qolib, er yuzi yagona davlatga aylanishini bashorat qilgan. Ammo Taker va Pirsonlar bu bashoratga qo‘shilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Futurologlar yuz yildan so‘ng insoniyatni nima kutayotganini ma’lum qildi