date

20 yoshli ayol molxonadan osilgan holatda topildi

20 yoshli ayol molxonadan osilgan holatda topildi

Qirg‘izistonning Nookat tumani, Ko‘k-Bel qishlog‘ida yashovchi 20 yoshli ayolning jasadi chorva molxonasidan osilgan holda topilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea haqida 2026 yil 20 fevral kuni 112 xizmati orqali Nookat tumani ichki ishlar bo‘limiga xabar tushgan. Shundan so‘ng holat bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan hamda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Marhumaning yaqinlari esa rasmiy tarzda ilgari surilayotgan o‘z joniga qasd qilish taxminiga ishonmayotganini bildirgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qiz bir yil avval turmushga chiqqan va turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam ravishda kaltaklanayotganidan shikoyat qilib kelgan. Qarindoshlari uning tanasida, jumladan orqa va buyrak qismida gematomalar bo‘lganini aytishgan.

Shuningdek, yaqinlari ta’kidlashicha, fojiaдан sal oldin qiz homilador ekanini ma’lum qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda esa u vafotidan oldin onasiga eri tomonidan doimiy kaltaklanayotganini yozgani va uni olib ketishini so‘ragani aytilmoqda. Ona xabarni olganidan taxminan uch soat o‘tib qizining uyiga borganida, u yerda odamlar to‘planganini ko‘rgan va keyin qizining vafoti haqida eshitgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 20 yoshli ayol molxonadan osilgan holatda topildi