13:47 / 30.03.2017
6 444

Moliya vazirligining 39 nafar xodimiga «hayfsan» berildi

Moliya vazirligining 39 nafar xodimiga «hayfsan» berildi
2017 yil 20 mart holatiga ko‘ra, fuqarolardan g‘aznachilik va nafaqa, shuningdek, oylik maoshi va tender savdolarini o‘tkazish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Ishonch telefonlariga jami 288 ta murojaat kelib tushdi, deb yozmoqda «Sof.uz» sayti.

Ushbu murojaatlardan 285 tasi (ulardan 41 tasi 2016 yildagi murojaatlar) o‘rganilib, 88 tasi yoki 30,8 foizi tasdiqlandi. Ularni ko‘rib chiqish doirasida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 39 nafar mas’ul shaxsga «hayfsan» berildi.

Moliya vazirligi Bosh nazorat-kuzatuv boshqarmasi ma’lum qilishicha, shikoyatlarni o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra, to‘rt murojaatga tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan, ikkitasi bo‘yicha esa yuqori instansiyadagi shaxslar xabardor qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moliya vazirligining 39 nafar xodimiga «hayfsan» berildi