Zulxumor bilan Ikrom (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yashirin tarzda er-xotin bo‘lib yashab kelayotgan edilar, deb yozadi “Kun.uz” nashri.
Bu kimsalar gunoh ishlarini el ko‘zidan yashirish uchun hali suyagi qotmagan, endigina ikki oylik chaqaloqni sotish payiga tushdi.
Birovning uyida ijarada yashayotgan er-xotinning chaqaloq sotish haqidagi xayollari tezda ko‘chaga tarqaldi. Bola oluvchilar ham darrov topildi. Avvaliga Zulxumorning vijdoni qiynaldimi, bolani sotib oluvchilarga “Yo‘q, bolamni sotmayman”, deb rad javobini berdi. Ko‘p vaqt o‘tmay, endi o‘zi bolasiga xaridor izlashga tushdi. Chaqaloq savdosining amalga oshishiga esa norasmiy turmush o‘rtog‘i Ikrom yordam qo‘lini cho‘zdi.
Bola oluvchi bilan uchrashish, unga bolani ko‘rsatish va bahosini kelishish Zulxumorni aslo cho‘chitmadi. Er-xotin kelishilgan pulni olgach, xaridorga murg‘ak Muhiddinning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini va o‘zini kiyintirib, topshirishdi. “Savdo”ni juda tez va silliqqina bitirdim, deb o‘ylab, xursand bo‘lgan bu kimsalar chuchvarani xom sanashgan edi...
Begonalar qo‘liga tekkan go‘dakning bir tomchi ko‘z yoshiga ham arzimaydigan 5 ming AQSh dollarini olib, uyiga shoshayotgan chaqaloqfurushlar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Zulxumor Janaeva va Ikrom To‘ychiev qonun oldida javob berishga majbur bo‘ldilar va sud hukmi bilan bu kimsalarga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi