
O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoni qayta tiklandi. Bu haqda TIV Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.
Joriy yilning 27-30 mart kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Do‘stona muhitda va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida 2017 yil uchun muzokaralar rejasi kelishib olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar