date

Vagon ustida selfi qilaman deb chiqqan 17 yoshli yigitni tok urdi

Vagon ustida selfi qilaman deb chiqqan 17 yoshli yigitni tok urdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 1 aprel kuni yurakni uvishtiradigan fojiali holat sodir bo‘ldi. 17 yoshli o‘smir poezd vagonlari ustida tok urishi oqibatida og‘ir ahvolga tushdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2009 yilda tug‘ilgan yigit do‘stlari bilan Bo‘zsuv temir yo‘l stansiyasida to‘xtab turgan vagonlardan birining ustiga chiqqan. Ular baland joydan surat olish, ya’ni selfi qilishni rejalashtirgan.

Aynan shu paytda temir yo‘l ustidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i ta’sirida kuchli tok zarbasi yuz bergan. Natijada o‘smirni elektr toki urgan.

Shifokorlar ma’lum qilishicha, yuqori kuchlanish oqibatida elektr yoyining alangasi paydo bo‘lib, yigit og‘ir darajada kuyish jarohatlarini olgan va yerga yiqilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning tanasining taxminan 80–85 foizi kuyganligi aniqlangan. U zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Hozirgi kunda bemorning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Unga shifokorlar tomonidan intensiv davolash muolajalari olib borilmoqda, holati esa doimiy nazoratda saqlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Vagon ustida selfi qilaman deb chiqqan 17 yoshli yigitni tok urdi