Sirli “o‘qishga kiritish” va’dasi: Samarqandda firibgar ushlandi

Samarqand viloyatida firibgarlik bilan bog‘liq holat huquq-tartibot organlari tomonidan fosh etildi. Fuqarolarning ishonchiga kirib, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1988 yilda tug‘ilgan, avval ham firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs yosh fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘z faoliyati bilan bog‘liq texnikumga “dual ta’lim” asosida o‘qishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilgan.
U xizmat evaziga dastlab 10 million so‘m talab qilgan. Shundan so‘ng oldindan 700 ming so‘m olgan, qolgan 9 million 300 ming so‘mni esa “kimyoviy ishlov berilgan pullar” ko‘rinishida qabul qilayotgan paytda huquq-tartibot xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hodisa yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 168-modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!