date

Samarqandda 70 yoshli fuqaro o‘limi bo‘yicha surishtiruv boshlandi

Samarqandda 70 yoshli fuqaro o‘limi bo‘yicha surishtiruv boshlandi

Samarqand viloyati Samarqand tumanida 70 yoshli fuqaroning vafoti holati yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv jarayonlari boshlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Marhumning o‘g‘li bildirishicha, II-guruh nogironi bo‘lgan va so‘nggi vaqtlarda Alsgeymer xastaligi bilan og‘rigan otasi 10 aprel kuni tushunarsiz holatda g‘oyib bo‘lgan. Bir sutka davom etgan qidiruv ishlaridan keyin uni Samarqand shahar IIB xodimlari Samarqand tumanidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holatdan norozi bo‘lgan o‘g‘il otasini o‘sha kunning o‘zida uyga olib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo kun shanba bo‘lgani va ish vaqti yakunlangani sababli shifokorlar bemorni faqat dushanba kuni, rahbariyat ruxsati bilan chiqarish mumkinligini aytgan va uni bermagan. Dushanba kuni esa uni uyga olib ketishgan.

“Biroq o‘sha paytda uning ahvoli juda og‘ir edi. Shifoxonadagi shifokorlar otamga qoniga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qo‘llagan va u uyga qaytgach bir sutka davomida hushiga kelmay yotdi. Oqibatda 14 aprel, seshanba kuni vafot etdi”, — deydi marhumning o‘g‘li.

Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tekshiruv jarayonlari har tomonlama, to‘liq va xolis tarzda olib borilib, yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 70 yoshli fuqaro o‘limi bo‘yicha surishtiruv boshlandi