
Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlash oqibatida 3 nafar xorijlik - Belarus, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ham jarohatlangan. Bu haqda TASS agentligiga tayanib UZ24 xabar qildi.
Jabrlanganlarning to‘liq ro‘yxati Rossiyaning FVV saytida e’lon qilindi. Shuningdek, Rossiyaning 17 hududida yashovchi fuqarolar jabrlangan. Ular hozirda Peterburgdagi kasalxonalarda ekani aytilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar