
Turkiyaning Kappadokiya viloyati hududida joylashgan Nevshehir shahri yaqinida xorijlik sayyohlar mingan havo shari qulab tushdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Hurriyet xabariga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida fransiyalik sayyoh halok bo‘lgan hamda Fransiya, Kolumbiya va Turkiya fuqarolari bo‘lgan 20 kishi jarohatlangan. Jabrlanuvchilar shifoxonalarga etkazilgan.
Kappadokiya — Anqaradan 250 kilometr masofada joylashgan tarixiy hudud bo‘lib, YuNESKOning butundunyo madaniy yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan. 2014 yilda ushbu hududda 5 ming yillik tarixga ega qadimiy shahar qoldiqlari topilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar