Denovdagi kurash musobaqasi vaqtida polvon pichoqlab o‘ldirildi

1 daqiqa o'qish962
Denovdagi kurash musobaqasi vaqtida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Ikki nafar kurashchi oq-qora rangli tasvirda o‘zaro bellashmoqda.

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘tkazilgan milliy kurash musobaqasi ayanchli hodisa bilan yakun topdi. Sport bayrami vaqtida yuz bergan janjal oqibatida taniqli polvon hayotdan ko‘z yumdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 9 may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi sport maydonida bo‘lib o‘tgan ommaviy kurash tadbiri paytida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarda aytilishicha, musobaqada mag‘lub bo‘lgan ishtirokchining akasi qattiq asabiylashib, raqib tomon vakillariga tashlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tilga olinayotgan Doston Jabborov ukasi bellashuvda yutqazganidan so‘ng, raqib polvonning otasi Nizomiddin Cho‘tboyev bilan janjallashgan. Oqibatda u o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan erkakning tanasiga bir necha bor zarba bergan.

Aytilishicha, jabrlanuvchi shifoxonaga zudlik bilan yetkazilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasida marhumning ko‘krak, bel va dumba qismiga yetkazilgan og‘ir tan jarohatlari o‘limga sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Nizomiddin Cho‘tboyev Denov hududida taniqli polvon sifatida tanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?