6 845
Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari va ijtimoiy ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib UZ24 xabar berdi.
Prezident tashrifini Chilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatidan boshladi. “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining umumiy er maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu erda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.
Jamiyatning bo‘sh turgan binolari negizida texnopark tashkil etilib, 2017-2018 yillarda 10 investisiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida bu erda kassa va terminal uchun qog‘ozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kanselyariya tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlatimiz rahbari bu erda import tovarlarni mahalliylashtiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi