Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtda yana bir pedofil ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev bugun, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Joriy yilning 8 aprel kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida soat 20:30 atrofida noma’lum shaxs o‘zining Matiz rusumli avtomobiliga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan maktab o‘quvchisiga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojini qondirishga harakat qilgan.
Voyaga etmagan, maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizaloq haydovchiga qarshilik ko‘rsatib, avtomobildan tushib qolgan va atrofdagilarni yordamga chaqirgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar davomida mazkur jinoyatni Hasan Isaev sodir etgani aniqlangan va avtomobildan maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizaloqqa tegishli buyumlar, Nokia rusumida qo‘l telefoni topilgan.
Ayni holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi to‘rtinchi qismi, ya’ni 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirishga suiqasd alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni damda Hasan Isaevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval, xuddi shunga o‘xshash holat Toshkent shahrining Olmazor tumanida 20 fevral kuni sodir bo‘lgan edi.
1984 yilda tug‘ilgan, fuqaro Qo‘shmurod Dilmurodovich Bobomurodov Olmazor tumani Sebzor dahasida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi, 2009 yilda tug‘ilgan Umidaning (ismi o‘zgartirilgan) yosh va ojizligidan foydalanib, g‘arazli niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan JKning 25, 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchi qo‘lga olingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi