date

Toshkentda Gentra bir necha daqiqada yonib kulga aylandi

Ko‘chadagi harakatlanuvchi qismda qora tutun va katta alanga bilan yonayotgan avtomobil.

Bugun, 28 may kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida Gentra avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa poytaxtdagi Yangi Qo‘yliq ko‘chasida kuzatilgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 14:42 da avtomobil yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yo‘l olgan.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga ikki daqiqa ichida yetib borgan va yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Gentra bir necha daqiqada yonib kulga aylandi