«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi shahar uy-telefonlarini o‘rnatishda imtiyozlar joriy qiladi

Yaqinlashib kelayotgan 2015 yil munosabati bilan iste’molchilarga imtiyoz sifatida «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi telefon tarmog‘iga ulanganlik uchun olinadigan to‘lovni bekor qiladi. Aksiya 2014 yilning 1 dekabridan 2015 yilning 28 fevraliga qadar davom etadi, deb «Kun.uz» xabar bermoqda.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, aksiya amal qiladigan vaqt davomida aholining simli abonent liniyasi bo‘yicha telefon tarmog‘iga ulanishi uchun to‘lov olinmaydi. Shunday qilib, aksiya amal qiluvchi vaqtda telefonlashtirilgan va telefonlashtirilmagan binolarda asosiy telefon apparatini ulash vositasida simli abonent liniyasi bo‘yicha telefon tarmog‘iga ulanish (operator bir foydalanuvchiga bitta raqam ajratadi) bepul amalga oshiriladi.
Qayd etib o‘tish kerakki, bu aksiya boshqa xizmat turlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Foto: ictnews.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing