Erta tarvuz xavfi: may oyida iste’mol qilish qanchalik xavfli?

May oyida sotuvga chiqayotgan erta pishgan tarvuzlar sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Mutaxassislar bunday mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerakligini ta’kidlashmoqda. Ayrim hollarda erta tarvuzlarda nitrat va azot miqdori yuqori bo‘lib, bu organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Natijada ko‘ngil aynishi, holsizlik, bosh aylanishi, hatto oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kuzatilishi mumkin. Ba’zi hollarda esa zaharlanish alomatlari ham paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois bozordan mahsulot tanlashda uning tabiiy pishganiga alohida e’tibor qaratish muhim.
Tarvuzni uy sharoitida tekshirish usuli:
Tarvuzning kichik bo‘lagini suvga solib qo‘ying. Agar 1–1,5 soat ichida suv tiniq holatda qolsa, mahsulot nisbatan xavfsiz hisoblanadi. Agar suv pushti, qizil yoki to‘q sariq rangga kirsa, bunday tarvuzni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.
Ayniqsa bolalar, keksalar va homilador ayollar erta pishgan mahsulotlarni tanlashda yanada ehtiyotkor bo‘lishlari kerak. Shifokorlar imkon qadar mavsumiy va tabiiy yetilgan mevalarni iste’mol qilishni tavsiya etishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!