Italiyalik "frankenshteyn" deb atalgan jarroh Serjio Kanavero va uning xitoylik hakasbi Syaopin Ren kalamushga ikkinchi boshni o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Operasiya vaqtida donor kalamushning old panjalari va boshi boshqa bir sog‘ kalamushning boshi tepasiga ko‘chirib o‘tkazildi. Operasiya davomida yana bitta kalamushdan foydalanildi, uning yordamida qon bosimi ushlab turildi. Kalamushga ko‘chirib o‘tkazilgan bosh uning asl boshi bilan bir xilda faoliyat yuritgan.
Ma’lum qilinishicha, o‘ziga xos "apgreyd" qilingan kalamush 36 soatgina yashagan. Shunga qaramay, operasiya Kanavero tomondan muvaffaqiyatli deb qabul qilindi, chunki undan maqsad operasiya davomida jiddiy qon yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan.
O‘tgan yili Kanavero maymunga bosh ko‘chirib o‘tkazgani va maymun shundan keyin 20 soat yashagani, so‘ngra dori vositasida uning hayotiga chek qo‘yilganini ma’lum qilgandi.
Kanaveroning aytishicha, bunday operasiyalarning kalamushlarda o‘tkazilishi odamlarga tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish yo‘lidagi muhim qadamdir.
2015 yil fevralida Kanavero inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha loyihani boshlayotganini ma’lum qilgandi. Bu tajribada ko‘ngilli sifatida rossiyalik nogiron, bel mushak atrofiyasi sababli nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan Valeriy Spiridonov ishtirok etmoqda. Uning boshi sog‘lom tanaga ko‘chirib o‘tkazilmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”