11:20 / 30.04.2017
7 233

Turkmaniston Prezidenti ot poygasida g‘olib bo‘ldi

Turkmaniston Prezidenti ot poygasida g‘olib bo‘ldi
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun, 29 aprel kuni mamlakatda o‘tkazilgan ot choptirish musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ushbu musobaqa har yili aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadigan “Turkman tulpori” kuni munosabati bilan o‘tkazildi. Chavandozlar poygasi 1,2 km oraliq masofaga Ashxobod yaqinidagi Axaltekin ot kompleksida bo‘lib o‘tdi.

Poygada Prezidentdan tashqari yana 6 nafar tajribali chavandoz ishtirok etdi. Jumladan, har bir viloyat hamda Ashxoboddan bittadan vakil qatnashdi. Otchopardagi boshlovchining so‘zlariga qaraganda, prezident chavandozlik qilgan ot – Axaltekin qora saman oti Mirasni mamlakat rahbarining nabirasi Karimguli Bedimuhamedov parvarishlab, poygaga tayyorlagan va bobosiga hadya qilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov Mirasda masofani 1 daqiqayu 25 soniyada bosib o‘tib, musobaqa g‘olibiga aylandi hamda bosh mukofot – Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining kalitini qo‘lga kiritdi. Mamlakat rahbari avtomobil kalitini qishloq xo‘jaligi vaziriga taqdim etib, ushbu mashinani yilqichilik mutaxassislarining ehtiyojlari uchun ishlatishni taklif etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkmaniston Prezidenti ot poygasida g‘olib bo‘ldi