22:58 / 03.05.2017
21 660

Jarimalar haqida ma’lumot beruvchi sayt ishga tushdi

Jarimalar haqida ma’lumot beruvchi sayt ishga tushdi
Davlat yo‘l hakarati xavfsizligi xizmati (DYHXX) poytaxt ko‘chalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun belgilanadigan jarima pullari haqida ma’lumot beruvchi saytni sinov sifatida ishga tushirdi deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Mazkur sayt (dyhxx.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun mobil telefon raqamini yozish va parol o‘ylab topish kerak. Keyin esa shaxsiy kabinetga kiriladi va u erda avtomobilning davlat raqami va texpasportning raqamini qayd etish kerak.

Shuningdek, haydovchilar jarimalar haqidagi ma’lumotni SMS-xabarnomalar orqali ham bilib olishlari mumkin. Buning uchun 8860 qisqa raqamlariga avtomobil raqami va bitta bo‘sh joy tashlab, texpasport seriyasi va raqami yuboriladi (masalan: 01A123AA AAC1234567). Bitta kiruvchi xabar narxi – $0,05. Mazkur xizmatdan hozircha faqat UMS abonentlari foydalnishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarimalar haqida ma’lumot beruvchi sayt ishga tushdi