Bo‘stonliqda kanalga tushgan bolalardan birining jasadi topildi

Bo‘stonliqda kanalga tushgan bolalardan birining jasadi topildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ro‘y bergan ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan qidiruv ishlari davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan ikki nafar boladan birining jasadi suvdan olib chiqildi.

Bildirilishicha, baxtsiz hodisa 17 iyun kuni tumanning “Obod” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 2016 yilda tug‘ilgan K.Y. hamda 2018 yilda tug‘ilgan K.B. ismli ikki nafar voyaga yetmagan bola yashash uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi kanalga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.

Olib borilgan izlash tadbirlari natijasida 21 iyun kuni g‘avvos-qutqaruvchilar suv tubidan bolalardan birining jasadini aniqlab, qirg‘oqqa olib chiqqan.

Hozirda ikkinchi bolani topish maqsadida qidiruv ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. Maxsus xizmatlar hodisa joyida faoliyat olib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar