6 788
O‘zbekistonlik firibgar moskvalik ma’shuqalarining pul va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi
Moskva polisiyasi shaharga O‘zbekistondan kelgan 35 yoshli firibgarni qo‘lga oldi, deb yozadi “Darakchi” nashri. Erkak o‘zi “qurbon” sifatida tanlagan ayollarga o‘zini prokuror deb tanishtirgan.
Alfons kamida o‘n nafar ayolni aldagan. Ulardan biri firibgarga, go‘yoki saraton shishini oldirib tashlash uchun qariyb yarim million rubl pulini berib yuborgan. Shuningdek, firibgar o‘z qurbonlarining biridan MacBook, iPhone, PSP, 50 ming rubl, yangi yil archasi va hatto toshbaqa solingan akvariumni ham o‘g‘irlab ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, firibgar doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali moskvalik qizlar bilan tanishgan, o‘zini sevib qolgan va doimo band odam qilib ko‘rsatgan. Ayollarning ishonchiga kirib olgach, turli bahonalar bilan ulardan katta miqdorda pullar olgan.
Oxir-oqibat, firibgarning qurbonlari birlashib, qo‘shma tergov boshladi. Erkakni o‘g‘irlikda gumon qilib, hisbga olishdi, tergov vaqtida u uy qamog‘ida saqlanmoqda. Alfons oilali va ikki farzandli bo‘lib chiqdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatlarni sodir etishda unga rafiqasi yordam bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»