Tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan dori-darmonlar noqonuniy savdosi xalqaro narkobiznesning bir qismini tashkil etadi. Jumladan, «Tramadol» va «Lirika» psixofaol dori vositalarining noqonuniy savdosi bugungi kunda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham uchrab turibdi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Ta’kidlash joizki, «Tramadol» va «Lirika» kabi dori vositalari giyohvandlik moddalaridek insonga ta’sir etadi. Xususan, psixofaol dori vositasi iste’mol qilingan vaqtda kishining kayfiyati ko‘tariladi, faolligi, ishchanlik xususiyati kuchayadi. Ammo iste’mol to‘xtatilishi bilan qorin qismida og‘riq paydo bo‘lib, ko‘ngil aynishi, holsizlik, qattiq bosh og‘rig‘i singari holatlar kuzatiladi. Qisqasi, ushbu dori vositalarini doimiy iste’mol qilgan odam oxir-oqibat ularga butkul qaram bo‘lib qoladi.
Milliy qonunchiligimizga muvofiq, «Lirika» va «Tramadol» dorilarini shifokor reseptiga ko‘ra, faqat dorixonalardan xarid qilish mumkin. Biroq ayrim «tadbirkorlar» mo‘may pul topish maqsadida bu kabi dori vositalarini qonunga zid ravishda sotish bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda.
IIV JQBB Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shunday dorifurushlarning faoliyatiga chek qo‘yildi. Xususan, tezkor tadbirlar jarayonida poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan «Garmojka» savdo rastasi, «Ko‘hinur» restorani va Uchtepa tumanidagi «Napoleon d’or» kafesi atrofida tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan dori-darmonlar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Umuman, tezkor tadbirlar natijasida 6 ming 20 dona psixofaol dori vositasi, 11 million 213 ming so‘m mablag‘ ashyoviy dalil sifatida olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»