
Kecha, Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrifi chog‘ida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirgani va u erdagi sharoitlar bilan tanishgani haqida xabar berilgan edi.
Ishonchli manbalarimizning xabar berishicha, Yashnobod tumani rahbarlari va faollari bilan uchrashuvi chog‘ida Prezident o‘zi kutilmaganda borgan mazkur poliklinika haqida ham tanqidiy fikrlar bildirgan.
Shavkat Mirziyoyev poliklinika hududi tozalanmagani, elementar sanitariya va gigiena qoidalariga umuman e’tibor berilmaganini alohida ta’kidladi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Shu maqsadda, Prezident Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovga mazkur poliklinika bosh shifokorini ishdan olishni, tibbiy muassasa hududi esa qisqa fursatda tozalanib, obodonlashtirilishini topshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar