Otasining mashinasini yashirincha olib chiqqan o‘smir ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan mudhish YTH yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi. Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, avtohalokatga Kia avtomashinasini boshqargan voyaga yetmagan o‘smir sababchi bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, u tungi vaqtda otasining ruxsatisiz avtomobil kalitini olib, do‘stlari bilan shahar aylanishga chiqqan. O‘smir mashinani yuqori tezlikda boshqargani, chorrahaga chiqqan Lacetti'ni ko‘rgan bo‘lsa-da, vaqtida to‘xtata olmaganini bildirgan.
Kuchli to‘qnashuv oqibatida Lacetti'da bo‘lgan ikki fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Yana uch kishi, jumladan ikki nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.































Izohlar 0
…