Mashina balonlari tagida jon bergan 6 yoshli bola voqea joyida jon berdi

Mashina balonlari tagida jon bergan 6 yoshli bola voqea joyida jon berdi

Joriy yilning 1 iyul kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida bola o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Cho‘ldaraxt ko‘chasida yuz bergan. Harakatlanib kelayotgan Tracker rusumli avtomobil yo‘lga chiqib qolgan 6 yoshli bolani urib yuborgan.

Hodisa aks etgan videoda bola avtomobilning old qismiga duch kelgani, keyin esa mashina harakatni davom ettirgani ko‘rinadi. Ayanchli voqea oqibatida bola voqea joyida vafot etgan.

Videoda yordam so‘rab baqirayotgan qiz bolaning opasi ekani aytilmoqda.

Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berilgani yo‘q. YTH sabablari va haydovchining harakatlariga huquqiy baho tergov davomida aniqlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar