Jazirama ta’siri: Toshkent metrosida poyezdlar 14 daqiqagacha kechikadi

Jazirama ta’siri: Toshkent metrosida poyezdlar 14 daqiqagacha kechikadi

Toshkentda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo metropoliten harakatiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. “Toshkent metropoliteni” ma’lum qilishicha, yuqori harorat tufayli yerusti metro yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi vaqtincha cheklanadi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 15 iyuldan boshlab yerusti yo‘nalishlaridagi temir yo‘l relslari harorati 55 darajadan oshib ketayotgani sababli xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Shu munosabat bilan har kuni soat 18:00 gacha poyezdlar tezligi 60 km/soatdan 40 km/soatga tushiriladi.

Mazkur o‘zgarishlar yo‘lovchilar uchun poyezdlar harakat intervaliga ham ta’sir qilishi mumkin. Xususan, yerusti metro yo‘nalishlarida poyezdlarni kutish vaqti ayrim hollarda 14 daqiqagacha cho‘zilishi ehtimoli bor.

Metropoliten ma’muriyati ta’kidlashicha, ushbu vaqtinchalik cheklovlar faqat yerusti yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga taalluqli. Yerosti metro liniyalari esa avvalgi tartibda xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

Mutaxassislar bunday choralar yuqori harorat ta’sirida relslarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilganini bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar