O‘rtachirchiqda kredit qarzdorligi sababli, garovdagi uy auksionga chiqarildi

O‘rtachirchiqda kredit qarzdorligi sababli, garovdagi uy auksionga chiqarildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor T.K.dan undiruvchi “Davrbank” XATB foydasiga 216.272,6 ming so‘m kredit qarzdorlik undirish va undiruvni garov mulki hisoblangan T.K.ga tegishli Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, “Yuqoriovul” mahallasi Yangi To‘lqin ko‘chasida joylashgan yer uchastkasining maydoni 600 kv.metr, qurilish osti maydoni 140 kv.metr, yashash maydoni 48.37 kv.metr bo‘lgan turar joy binoga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, kredit qarzdorlikni undirish maqsadida ijro varaqasida ko‘rsatilgan fuqaro T.K.ga tegishli bo‘lgan garov mulki xatlanib, qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda undiruv ushbu garov mulkiga qaratilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan kredit qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi inspektorining qaroriga asosan ushbu garov mulki garov shartnomasida ko‘rsatilgan 200.000,0 ming so‘mga baholangan xolda elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar