14:36 / 15.05.2017
6 269

Qaynoq xabarlar: MTJda yangi futbolchi, Rossiyada rasmiy ish o‘rinlari va boshqalar

Qaynoq xabarlar: MTJda yangi futbolchi, Rossiyada rasmiy ish o‘rinlari va boshqalar
“Feyenoord” 18 yillik tanaffusdan so‘ng yana Gollandiya chempioni bo‘ldi.

Angliya premer ligasining 37-turidan o‘rin olgan markaziy “Tottenxem” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Qizil iblislar” endi faqat Evropa Ligasi finalida g‘olib chiqish uchun harakat qilishadi.

Fozil Musaev O‘zbekiston Milliy terma jamoasi yig‘iniga taklif etildi. Yaponiyaning “Jubilo Ivata” klubi bu haqda O‘FFdan rasmiy faks qabul qilib oldi.

Ispaniya La-Ligasida ikki etakchi “Barselona” va “Real” bir xil 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. “Barselona” “Las-Palmas”ni safarda mag‘lub etgan bo‘lsa, “Real” o‘z maydonida “Sevilya”dan ustun keldi.

Joriy yil 10 may kuni Digital Panda marketing agentligi Cinzzano Terazza yozgi maydonida tadbir uyushtirdi. Kechaning eng asosiy mehmoni Mail.ru Group bo‘lib, O‘zbekistondagi yirik kompaniya vakillariga o‘z resurslaridagi reklama imkoniyatlari haqida taqdimot ko‘rsatishdi.

Toshkentda o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Forumining o‘n ikkinchi majlisi ishtirokchilari 13 may kuni ziyorat qilish uchun Samarqand shahriga borishdi. Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi hamda uning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilinishicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida Rossiya poytaxti Moskva shahrida qatnaydigan reysli avtobuslarni boshqarish uchun “Mosgortrans” kompaniyasi tomonidan ming nafar O‘zbekiston fuqarosi tanlab olinmoqda.

Toshkentning Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro uyidan noqonuniy ravishda saqlangan ov quroli topildi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaynoq xabarlar: MTJda yangi futbolchi, Rossiyada rasmiy ish o‘rinlari va boshqalar