Neymar 23 mln dollarlik yaxta sotib oldi

Neymar 23 mln dollarlik yaxta sotib oldi

Braziliya terma jamoasi futbolchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng 23 million dollarlik yaxta sotib oldi. Bu haqda “TyC Sports” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, yaxta Rio-de-Janeyrodagi Angra-dus-Reys shahrida joylashgan. Unda oltita kayuta, keng dam olish hududlari mavjud bo‘lib, yuqori palubasida vertolyot qo‘nish maydonchasi ham bor.

Ma’lumot uchun, Braziliyaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki 1/8 finalda Norvegiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin yakunlandi. Uchrashuvda Erling Holand 79 va 90-daqiqalarda ikkita gol urdi. Jarohati sababli mundialning dastlabki ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgan Neymar 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. U 90+10-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi, ammo bu Braziliyani mag‘lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar