Yakkasaroydagi qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli binoda yong‘in yuz berdi

Yakkasaroydagi qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli binoda yong‘in yuz berdi

Bugun, 17 iyul kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan qurilishi hali to‘liq yakunlanmagan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 17:45 da Toshkent shahar FVBBga Boshliq 1-dahasi hududidagi qurilishi tugallanmagan binodan tutun chiqayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yo‘l olgan.

Mutaxassislarning tezkor harakati natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida qurshab olinib, soat 18:00 ga kelib to‘liq bartaraf etildi. Yong‘inning boshqa hududlarga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar