23:13 / 17.05.2017
5 755

Sovutgichga qo‘yish mumkin bo‘lmagan 10 mahsulot

Sovutgichga qo‘yish mumkin bo‘lmagan 10 mahsulot
1. Piyozga sovuq kor qilmasa-da, muzlatgichdagi namlik zarar etkazishi turgan gap. Namlik tufayli piyozning mazasi yo‘qoladi, chiriy boshlaydi.

2. Kartoshka muzlatkichda suvlanib, ta’mini yo‘qotadi. Uni qog‘oz xaltaga yoki yashikka solib, qorong‘i va quruq joyda saqlang.

3. Pomidor uchun ham muzlatgich ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniq. Qish kunlari uy haroratida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushmaydigan joyda saqlagan ma’qul.

4. Kofe namlikni va har qanday hidlarni o‘ziga tortib olish xususiyatiga ega. Uni jips yopiladigan shisha idishda, shkafda saqlashni maslahat beramiz.

5. Sarimsoqpiyoz muzlatkichda tez buziladi. Uy haroratida esa 2 oygacha bemalol turadi.

6. Souslarni ham muzlatkichga joylashdan avval yorlig‘ini diqqat bilan o‘qing. Ularning hammasini ham muzlatgichga qo‘yish mumkin emas.

7. Tarvuzni faqat kesilgandan keyingina muzlatkichga qo‘yiladi.

8. Asalni zinhor muzlatgichga qo‘ymang, aks holda u kristallashib, o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

9. Shuningdek, xali ochilmagan konservalangan mahsulotlarni ham muzlatgichga qo‘ymang.

10. Bananning po‘stlog‘i muzlatgichda qorayib qoladi. Ichidagi mevasiga ta’sir ko‘rsatmasa-da, bunday mevani dasturxonga tortish noqulay, bolalar ham qop-qora po‘stloqni ko‘rib, uni eyishdan bosh tortishlari turgan gap.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sovutgichga qo‘yish mumkin bo‘lmagan 10 mahsulot