15:25 / 18.05.2017
7 933

Alisher Usmonov videomurojaati: qamalganlik sabablari, tadbirkorlik va insoniylik haqida

Alisher Usmonov videomurojaati: qamalganlik sabablari, tadbirkorlik va insoniylik haqida
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Korrupsiya bilan kurash fondi” asoschisi, siyosatchi Aleksey Navalniyga videomurojaat bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Milliarder Navalniyning bir qancha vaqt avval qilingan iltimosini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lgan va uni “yaramas” – “boshqa insonni bilmay turib, u haqda yolg‘on gapirishga tayyor bo‘lgan odam” deb atadi.

Navalniy Usmonov videosini o‘z kanalida joylashtirdi va “pora beruvchi, pora oluvchi, firibgar va qallob”ga yaqin vaqt ichida javob qaytarishga va’da berdi.

Tadbirkor Navalniyning Sobiq ittifoq davrida olti yil qamoqda o‘tirganiga oid bayonotlarini tasdiqladi, biroq bu ishni «mavjud bo‘lmagan» deb atadi. Uning ko‘rsatishicha, «mamlakat Oliy sudi tomonidan to‘la oqlangan kishi – jinoyatchi emas» hamda u Navalniyni «omadsiz», «muvaffaqiyatsiz tadbirkor» va «sud organlari hukmi» hamda «shartli muddat ostidagi» «jinoyatchi», deb atadi.
«Mening yashiradigan narsam yo‘q, men sendan farqli ravishda, olti yil qamoqda o‘tirganman va bu haqiqatdan ham soxtalashtirilgan ish bo‘yicha bo‘lgan: sosialistik mulkni o‘g‘irlash. Sen men zo‘rlash uchun qamoqda o‘tirganimni aytding, ya’ni maqolalar bo‘yicha manipulyasiya orqali va sen bu erda insonlar hamda yaramas odamlar o‘rtasidagi chegarani darhol olib tashlamoqchi bo‘lding», — deya ta’kidlab o‘tdi tadbirkor.

«Sendan farqli ravishda, men hammasi uchun o‘z mehnatim, qobiliyatlarim, halolligim bilan to‘laganman. Sen umring davomida menga hech qachon tuhmat qila olmaysan. Lyosha, baribir mening oldimda javob berishinga to‘g‘ri keladi», — dedi Alisher Usmonov.
Uning ma’lum qilishicha, Navalniy Usmonovni Rossiya rezidenti sifatida soliqlar to‘lamaganlikda ayblab, yolg‘on gapirmoqda.

«O‘zing qayerda soliqlarni to‘laysan? Men esa faqat Rossiyada to‘layman. Sen aldayotgan odamlar bilishi kerak-ki, hatto shu yilning o‘zida 2,7 milliard rubllik soliqni deklarasiyadan o‘tkazdim, o‘n yil davomida esa qariyb yarim milliard dollar to‘ladim», — degan Usmonov.
Usmanov davlatini yirik xususiylashtirish kelishuvlari orqali ishlab topgani borasidagi ayblovlarni ham rad etdi.
Bundan tashqari, Usmonov Navalniyning mustaqil surishtiruv o‘tkazishini tanqid qildi va pora berish borasidagi barcha ayblovlarni rad etdi. Tadbirkor, shuningdek, Navalniyga uzr so‘rashni va «tinchgina yashash»ni taklif qilgan.

18 may kuni Moskva shahrining Lyublina sudi Usmonovning Navalniyga qarshi da’vo arizasi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqa boshladi. Unda ko‘rsatilishicha, tadbirkor siyosatchiga nisbatan moliyaviy da’voda emas, biroq «Navalniyni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni rad etishga majburlashni» talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov videomurojaati: qamalganlik sabablari, tadbirkorlik va insoniylik haqida