
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 21 may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan.
Saudiya Podshohi va Valiahdi bilan muzokaralarda mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar