To‘y sovg‘asi ichidan sirli buyum topildi: video internetda muhokamaga sabab bo‘ldi (video)

1 daqiqa o'qish6
To‘y sovg‘asi ichidan sirli buyum topildi: video internetda muhokamaga sabab bo‘ldi (video)

Do‘stlaridan biri to‘y munosabati bilan sovg‘a qilgan sumka kutilmagan voqeaga sabab bo‘ldi. Oq rangli sumkaning tutqichi ichidan g‘alati buyum topilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Videoda sumka tutqichining tilla rangli qopqog‘i tirnoq pilkasi yordamida ochilayotgani ko‘rinadi. Uning ichidan esa sariq matoga o‘ralgan, ustiga sirli belgilar tushirilgan va ip bilan bog‘langan tugun chiqarib olinadi.

Video muallifining ta’kidlashicha, topilgan buyum er-xotinning oilaviy baxtiga zarar yetkazish, hasad yoki yomon niyat bilan qilingan «qarg‘ish» bo‘lishi mumkin. Biroq bu da’volarni tasdiqlovchi biror dalil keltirilmagan.

Mazkur lavha internet foydalanuvchilari orasida turlicha munosabat uyg‘otdi. Ayrimlar bunday holatga jiddiy yondashish kerakligini aytsa, boshqalar voqeani ko‘proq ko‘rishlar yig‘ish uchun ataylab sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Hozircha sumka ichidan topilgan buyumning kelib chiqishi va voqeaning haqiqiyligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?