Toshkent shahri bo‘ylab IIBB tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar natijasida ko‘plab fohishaxonalar aniqlanmoqda va faoliyatiga chek qo‘yilyapti. Masalan, Olmazor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi mazkur jinoyat bilan shug‘ulllangan shaxslar qo‘lga olingan edi. Navbat Mirzo Ulug‘bek tumaniga keldi.
Joriy yilning 22 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yana bir fohishaxona aniqlangan.
Fohishaxona Mariya Soy va Karim Ibragimov tomonidan Soyning xonadonida ochilgan bo‘lib, 140 000 so‘m pul evaziga fuqaro “M” va “B” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Soy va Ibragimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
P.S. Yuqoridagi shaxslarning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlar o‘xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi