“Forbs” nashri rossiyalik milliarderlarning merosxo‘rlari reytingini e’lon qildi.
Jami 47 nafar merosxo‘r kiritilgan reyting oddiy tuzilgan: milliarderning boyligi rasman tan olingan farzandlar soniga taqsimlab chiqilgan. Bu o‘rinda milliarderning turmush o‘rtog‘ining hissasi e’tiborga olinmagan.
Shunday qilib, rossiyalik eng boy merosxo‘rlar reytingida birinchilik “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperovning 1990 yilda tug‘ligan o‘g‘li Yusufga tegdi. V. Alekperovning boyligi 14,5 milliard dollarga teng va Yusuf ana shu boylikning merosxo‘ri hisoblanadi.
Sibir ko‘mir energetika kompaniyasi va “EvroXim” kompaniyasi egasi Andrey Melnichenkoning boyligi 13,2 milliard dollarga teng. Reytingda ikkinchi o‘rinni uning merosxo‘ri egalladi – 2012 yilda tug‘ilgan Tara Melnichenko.
“Novatek” kompaniyasi rahbari Leonid Mixelsonning ikki farzandi bor: qizi Viktoriya 1992 yilda, o‘g‘li esa 2015 tug‘ilgan. Merosxo‘rlarga 9,2 milliard dollardan tegadi.
Reytingga ko‘ra, tadbirkor Pyotr Avenning farzandlari eng “kambag‘al” merosxo‘rlardir: 1994 yilda tug‘ilgan Denis va Darya 2,3 milliard dollardan ulush oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"