Buxoroda bola boshini beton teshigiga tiqib, chiqara olmay qoldi (video)

Buxoro shahrida bola boshini beton konstruksiyadagi teshikka tiqib qo‘yib, uni mustaqil ravishda chiqara olmay qolgan. Hodisa 3 avgust kuni shahardagi turar joy massivlaridan birida sodir bo‘lgan. Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari maxsus asbob-uskunalar yordamida beton konstruksiyasini bo‘shatib, bolaning boshini chiqarib olishgan. Tezkor harakatlar natijasida bola xavfsiz tarzda qutqarilgan.
Buxoro shahrida bola ehtiyotsizlik oqibatida boshini beton konstruksiyadagi teshikka tiqib qo‘yib, uni mustaqil ravishda chiqara olmay qolgan.
Hodisa 3 avgust kuni shahardagi turar joy massivlaridan birida sodir bo‘lgan. Vaziyatdan xabar topilgach, voqea joyiga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelgan.
Mutaxassislar maxsus asbob-uskunalar yordamida beton konstruksiyasini ehtiyotkorlik bilan bo‘shatib, bolaning boshini teshikdan chiqarib olishgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakati tufayli bola xavfsiz tarzda qutqarib qolingan.






























Izohlar 0
…