O‘zbekiston yo‘llarida afsonaviy Mercedes-Benz 300 SL ko‘rindi (video)

O‘zbekiston yo‘llaridan birida 1954–1957 yillarda ishlab chiqarilgan afsonaviy Mercedes-Benz 300 SL «Gullwing» (W198) ko‘rindi. Model yuqoriga ochiladigan «chayqa qanoti» eshiklari va yoqilg‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri silindrga purkash tizimiga ega ilk seriyali avtomobillardan biri bo‘lgani bilan ajralib turadi. Original 300 SL Gullwing kolleksionerlar orasida yuqori baholanadi va uning xalqaro auksionlardagi qiymati bir necha million dollargacha yetishi mumkin.
O‘zbekiston yo‘llaridan birida avtomobil ishqibozlarining e’tiborini tortgan noyob mashina — afsonaviy Mercedes-Benz 300 SL «Gullwing» (W198) ko‘zga tashlandi.
1954–1957 yillarda ishlab chiqarilgan ushbu model o‘z davri uchun ilg‘or texnologiyalari bilan ajralib turgan. Xususan, Mercedes-Benz 300 SL dunyoda yoqilg‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri silindrga purkash tizimiga ega ilk seriyali avtomobillardan biri bo‘lgan.
Modelning eng asosiy belgisi esa yuqoriga ochiladigan, «chayqa qanoti»ni eslatuvchi eshiklaridir. Aynan shu noodatiy dizayn 300 SL'ni avtomobil tarixidagi eng taniqli klassik modellardan biriga aylantirgan.
Bugungi kunda original 300 SL Gullwing kolleksionerlar orasida juda yuqori baholanadi. Avtomobilning ishlab chiqarilgan yili, texnik holati, asl detallari va tarixiga qarab, uning xalqaro auksionlardagi qiymati bir necha million dollargacha yetishi mumkin.
O‘zbekistonda bunday avtomobilning ko‘chada uchrashi esa klassik avtomobillar muxlislari uchun alohida voqea bo‘ldi.






























Izohlar 0
…