Toshkentda 20 yoshli yigit 75 yoshli ayolga shahvoniy shilqimlik qilgani aytilmoqda

Toshkentda 20 yoshli yigit 75 yoshli ayolga shahvoniy shilqimlik qilgani aytilmoqda. Hodisa erta tongda, taxminan soat 05:30 larda sodir bo'lgan: yigit ko'chada plastik idishlar yig'ib yurgan ayolning cho'ntagiga qo'l tekkizib, so'ng uni quchoqlagan. U voqea joyidan qochishga uringan, biroq atrofdagi fuqarolar qarshilik ko'rsatib, 102 qisqa raqami orqali ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Toshkentda 20 yoshli yigit 75 yoshli ayolga shahvoniy shilqimlik qilgani aytilmoqda. Hodisa erta tongda, taxminan soat 05:30 larda sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chada plastik idishlar yig‘ib yurgan ayolning ortidan kelgan yigit uning cho‘ntagiga qo‘l tekkizgan, so‘ng keksa ayolni quchoqlab olgan.
Yigit voqea joyidan qochishga uringan. Biroq atrofdagi fuqarolar uning ketishiga qarshilik ko‘rsatib, 102 qisqa raqami orqali ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Ushlangan yigit qilmishini spirtli ichimlik ta’sirida sodir etganini aytgan. Hozircha holat bo‘yicha unga qanday huquqiy chora ko‘rilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…