Shahrisabzda odamlar nega issiq qumga ko‘milmoqda?

Shahrisabzda odamlar nega issiq qumga ko‘milmoqda?
Qisqacha

Shahrisabz tumanining Qumo‘ta hududida odamlar turli xastaliklardan xalos bo‘lish maqsadida ma’lum vaqt issiq qumga ko‘milmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayrim fuqarolar bu usul oyoq va suyak og‘riqlari, shuningdek, revmatizmda yengillik berayotganini aytgan. Aholi orasida qiziqish yuqori bo‘lsa-da, qum bilan davolanishning samarasi bo‘yicha tibbiy xulosa keltirilmagan.

Shahrisabz tumanining Qumo‘ta hududida qumga ko‘milish orqali turli xastaliklardan xalos bo‘lish usuli ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Tarqalgan videoda ayrim fuqarolar ushbu usuldan foydalanib, o‘zlarini qiynayotgan og‘riqlarga yengillik sezayotganini aytgan.

Video muallifining ta’kidlashicha, qum bilan davolanish oyoq va suyak og‘riqlari, shuningdek, revmatizm kabi xastaliklarda foyda berishi mumkin. Unga ko‘ra, odamlar ma’lum vaqt davomida issiq qumga ko‘milish orqali muolaja olishmoqda.

Qizig‘i, videoni tasvirga olgan shaxsning o‘zi ham Shahrisabz tumanidan bo‘lishiga qaramay, Qumo‘ta hududiga ilk bor kelganini bildirgan. Mazkur usulga aholi orasida qiziqish yuqori bo‘lsa-da, uning turli kasalliklarni davolashdagi samarasi bo‘yicha tibbiy xulosa keltirilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar