7 470
Sobiq sovet hukumati rahbarlari o‘z davrida «superaskar» yaratishga urinib ko‘rishgan ekan…
«SUPERASKARLAR»
Sobiq sovetlar davrida yashab o‘tgan odamlarning aksariyati bir paytlar gitlerchilar Germaniyasida odam bolasi tasavvur ham qila olmaydigan dahshatli sinovlarni mahbuslar ustida amalga oshirilganini yaxshi bilishadi. Ammo bunday sinovlar sobiq sovetlar tarafidan gitlerchilarga nisbatan ancha oldin amalga oshirilganini ko‘pchilik bilmasa kerak.
SUYaK O‘RNIGA TITAN
1945 yili Amerika qo‘shinlari gitlerchilarga tegishli maxfiy ilmiy tadqiqot markazini qo‘lga kiritdi. Markazdagi maxfiylashtirilgan laboratoriyada sovet askarlarining jasadlari qalashib yotardi. Ular tanasiga suyak o‘rnini bosuvchi, titandan yasalgan maxsus pichoqsifat tig‘li protezlar joylashtirilganiga guvoh bo‘lishdi. Amerikaliklar bu yovuzlikda, shubhasiz, gitlerchilardan gumonsirashdi va markaz tibbiyotchilari so‘roq qilindi. Natijada aslida nemislar hech qanday tajriba o‘tkazmagani, balki tayyor qoliplardan foydalanishgani ma’lum bo‘ldi. Tibbiyotchilar aslida bu sinovlarni sobiq sovetlar boshlaganiga ishora qilishdi. Amerikada zudlik bilan professor Strasberg etakchiligida maxsus bo‘lim tashkil etildi. Shu bo‘lim sobiq sovetlarning hech kimga ma’lum bo‘lmagan sinovlari to‘g‘risida axborot to‘plash bilan shug‘ullana boshladi.
Juda tez fursatda Strasberg etakchiligidagi bo‘lim a’zolari o‘ta maxfiy axborotni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ma’lum bo‘ldiki, 20- asrning o‘ttizinchi yillarida kommunistik partiya ko‘rsatmasiga binoan «superaskar» yaratish dasturiga start berilgan. Xuddi shu dasturga asoslangan sinovlar natijalarini amerikaliklar Germaniyadagi o‘sha markazda joylashgan laboratoriyada uchratishgandi.
Sobiq sovetlar dasturda ishtirok etish uchun 300 kishini jalb etgan. Ularning barchasi askarlar edi. Askarlarning suyaklari o‘rniga titandan yasalgan, suyak o‘rnini bosuvchi protezlarni o‘rnatishgan. Baxtga qarshi titan inson organizmi bilan til topishish masalasida juda past darajani qayd etgan. Organizmiga sira moslasha qolmagan. Sinovda ishtirok etgan askarlar jarrohlik amaliyotidan so‘ng tanasida o‘ta kuchli og‘riq tuya boshlashgan. Ularning ko‘pchiligi shu og‘riqlar oqibatida halok bo‘lgan.
Lekin ilmiy xodimlarni bu fojialar ham to‘xtatib qola olmadi. Ular endi askarlar miyasini ochib, og‘riq uchun javobgar to‘qimalarni o‘chirib qo‘yish harakatiga tushishdi. Buning uchun ko‘ngillilarning miyasiga maxsus oltindan tayyorlangan ignalarni joylashtirishdi. Ushbu jarrohlik amaliyotidan so‘ng askar haqiqatan og‘riqni his etmaydigan holatga kirdi. Shuning bahonasida olimlar titan protezlar askarlar tanasiga tezroq moslashishi uchun imkon yaratishdi. Afsuski, miyaga joylashtirilgan oltin igna askarni ruhiy xastalikka mubtalo etdi.
Strasberg yiqqan bu axborotlarga ko‘pchilik ishonmasligi ham mumkin edi. Biroq 1994 yili Vitebskda yashovchi vrach Sergey Konovalenko harbiylar qabristoni atrofida sayr qilib yurib, daryo sohilida odam skeleti yotganini ko‘rib qoldi. Borib qarasa, skeletdagi suyaklar o‘rniga titan protezlar o‘rnatib chiqilgan ekan. Protezlarning birida «Xarkov. 1934. ASCh 760978-S» degan yozuv borligini ham ko‘rdi. Shu sohada izlanish olib borishni niyat qildi-yu, ortga qaytdi. Nadomatlar bo‘lsinki, ertasiga daryo sohiliga kelsa, skelet g‘oyib bo‘lgandi. Kechasi kuchli yomg‘ir yog‘ib skeletni qaytadan daryo qa’riga yuvib tushgan ekan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi