Poytaxtimizda O‘zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda «Oliy ta’lim sohasini rivojlantirishning istiqbollari» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi N.Umarov va boshqalar mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida qaralishini, ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
– Ilmiy-tadqiqot ishlari, mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini oshirish, oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hududlar va tarmoqlardagi mavjud ehtiyojni inobatga olgan holda mutaxassislar tayyorlash, oliy o‘quv yurtlarining innovasion infratuzilmasini kuchaytirishga doir qo‘shimcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar va maqsadli dasturlar ishlab chiqish partiyamizning eng muhim dasturiy maqsadlaridandir, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘raev.
Davra suhbatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joriy yildan boshlab xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiyalash, ya’ni ekvivalentligini qayd etish tartibiga kiritilgan yangiliklar xususida so‘z yuritildi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, dunyoning etakchi, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning diplomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri maxsus sinovlarsiz nostrifikasiyalash amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu yangilik xorijning etakchi oliy ta’lim muassasasini tamomlagan oliy malakali kadrlarning o‘z bilimi va salohiyatini Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida sarflashiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz mehnat bozorida oliy ma’lumotli kadrlar o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytiradi.
Manba: UzA “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi