date
views 6 528

Hokim ishdan olinishi avvaldan bashorat qilinadigan voqea bo‘lib qoldi

Hokim ishdan olinishi avvaldan bashorat qilinadigan voqea bo‘lib qoldi
Davlat rahbarining har tashrifidan so‘ng hokim ishdan olinishi avvaldan bashorat qilinadigan voqea bo‘lib qoldi. Ushbu fikrlar “Tahlilnoma” dasturi orqali jurnalist Jamshid Umrzoqov tilidan bayon qilindi. Dastur boshlovchisining ta’kidlashicha, ushbu vaziyat ortida uzoqni ko‘zlagan strategiya mavjud bo‘lib, bu sobiq hokimlar o‘rniga vazir va davlatning yirik idoralari rahbarlari tayinlanayotganida ko‘rinadi. Bu ularining xalq orasidagi asl vaziyatni o‘rganishlari, odamlar bilan hamnafas bo‘lib yashashlari uchun qilinayapti.

Chunki, haqiqiy rahbar xalq dardi bilan yashay boshlasa, yillar davomida to‘planib qolgan yoki yangi paydo bo‘lgan muammolarni tezda paysalga solmasdan, qolgan ishga qor yog‘ib ketmasdan avval bajarsagina, lavozimida uzoqroq qoladi, — degan fikrlar “Tahlilnoma” minbarida oshkora yangradi. Avval xabar qilinganidek, Chilonzor va Yunusobod tumanlari hokimlari lavozimiga ikki davlat qo‘mitalarining sobiq rahbarlari Davron Hidoyatov, Baxtiyor Abdusamatov tayinlangan edi.

Manba: 1news.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokim ishdan olinishi avvaldan bashorat qilinadigan voqea bo‘lib qoldi